Idris alayhissalom

3 йил аввал 15076 siyrat.uz

Bugun Idris alayhissalom haqida Qur'oni karimda kelgan oyatlarni o‘rganamiz, xo‘pmi bolajonlar?

Alloh taolo O‘z payg‘ambari Idris alayhissalomni Qur'oni karimda ikki marta zikr qilgan. Birinchisi "Anbiyo" surasining 85-oyatida Ismoil va Zul-kifl alayhissalomlar qatorida eslab: “…Ularning har biri sabr qiluvchilardandir”,   degan.

Shuningdek, "Maryam" surasi 56-57-oyatlarida "Va Kitobda Idrisni esla. Albatta, u siddiq va nabiy edi. Va uni oliy maqomga ko‘tardik", degan.

12

Alloh taolo Qur'onda Idris alayhissalomni qavmi bilan bo‘lib o‘tgan qissalarni zikr qilmagan. Hadis kitoblarida esa Idris alayhissalom tikuvchi bo‘lganlari aytilgan. U zot matoga har safar ignani qadaganlarida albatta, "Subhanalloh" der ekanlar. Idris alayhissalom yashagan davrda yer yuzida undan afzal va yaxshi amal qiluvchi biror kishi bo‘lmagan ekan, ya'ni u kishi eng yaxshi amal qiluvchi zot bo‘lgan ekanlar.

13

Isro va Me'roj kechasida payg‘ambarimiz Muhammad  alayhissalom to‘rtinchi osmondan o‘tayotib Idris alayhissalom bilan uchrashib, u zot bilan salomlashganlar. (Isro va Me'roj kechasi haqida esa Muhammad alayhissalom ya'ni payg‘ambarimiz qissalarini o‘rganayotganimizda to‘liq so‘zlab beraman. Chunki o‘shanda u haqidagi oyatlar va hadislarni o‘rganamiz. Xo‘pmi bolajonlar?). Olim bobolarimiz Idris alayhissalomning vafot etgani haqida ikki xil gap aytganlar.

Ba'zi olimlar, Idris alayhissalom o‘lmagan, tirikligicha Allohning qudrati bilan osmonga ko‘tarilgan, degan bo‘lsalar, ba'zilari: u zot ham boshqa payg‘ambarlar kabi vafot etgan,  deyishgan.

14

  Savol-javoblar:

Endi savollarimga javob berishga harakat qiling:

  Aytingchi shirintoylar, Odam alayhissalom qissasidan nimani o‘rgandingiz? Biz nimalar qilishimiz kerak ekan?

  Aslida nimadan yaratilgan ekanmiz?

  Bolajonlar, aytinglar-chi, Idris alayhissalom haqida nimalarni o‘rgandik?

  Idris alayhissalom matoga igna suqqanda nima der ekanlar?

  Idris alayhissalom matoga ignani qadaganida "Subhanalloh" der ekan, ayting-chi, o‘zi ignani qo‘lga olishda nima deyish kerak bo‘ladi? Siz har bir yaxshi inshi boshlashda, yeb-ichishni boshlashda nima deb boshlar edingiz?

  Xo‘sh, qani, menga kim yotishdan oldin aytiladigan zikrni aytib beradi?

  Uyqudan turganda o‘qiladigan zikrni kim aytadi?

  Mashaalloh, barakalla, mening bilag‘onlarim.




Мавзуга оид мақолалар
Тарихда бугун
Робиъул-аввал ойининг 17-куни
  • Ҳижрий 950-йил 17-робиъул-аввал куни (милодий 1543-йил 20-июн) Усмонлилар ҳарбий денгиз флоти Барбароса қўмондонлигида Ситсилия ва Италиянинг баъзи қирғоқларини ва Типпер дарёсида жойлашган Остия портини қўлга киритади.
  • Ҳижрий 1110-йил 17-робиъул-аввал куни (милодий 1697-йил 25-май) Усмонлилар ҳарбий денгиз флоти Ўрта ер денгизидаги Медела оролининг жанубида бўлган жангда Винеция ҳарбий денгиз флотини мағлуб этди. Бу жангда 2500га яқин винециялик ҳарбийлар ҳалок бўлди.
 


Китоблар
ИСЛОМ.УЗ ПОРТАЛИНИНГ САЙТЛАРИ