Nuh alayhissalomning qissasi

3 йил аввал 21451 siyrat.uz

BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM

Kecha qaysi paygʻambarlarning qissalarini oʻrgangan edik? Kim javob beradi?

Iblis farishtalardan ekanmi, jinlardan ekanmi?

Bugun Nuh alayxissalomning qissasini oʻrganamiz, inshaalloh. Qani, boshladik, bolajonlarim.

1

                Alloh azza va jalla Nuh alayxissalomni oʻz qavmini Allohga ibodat qilishga chaqirish, but-sanam, xaykallarga ibodat qilishni tark etishga daʼvat qilish uchun paygʻambar qilib yubordi. Nuh alayxissalom ularni daʼvat qila boshladilar. U zotning daʼvatlariga kambagʻal, bechorahol insonlar ijobat qilib Nuh alayxissalomga ergashdilar. Boylar, boshliq, rahbar insonlar esa u zotning daʼvatlarini rad etdilar va u zotdan “biz senga ergashishimiz uchun iymon keltirgan bechora, miskin, kambagʻallarni tark qilasan, ulardan voz kechasan” deb talab qoʻydilar.

2

Nuh alayxissalom iymon keltirgan zaifhol odamlardan voz kechish talabini katʼiy rad etdilar. Qavmini daʼvat qilishda noumidlikka tushmadilar, balki ularni kechayu kunduz Alloh taloning yoʻliga daʼvat qilaverdilar. Lekin qavmidagi nobakor insonlar u zotni yolgʻonchi, adashgan, majnun, jinni deb ayblashdan ham toymadilar. Shunda Nuh alayxissalom ularga bunday dedilar: “Ey qavmim! Menda zalolat yoʻq. Va lekin men olamlarning Rabbidan Payg'ambarman.” (Aʼrof surasi, 61-oyat).

3

Nuh alayxissalom oʻz qavmini ming yilga yaqin muddat ichida tinimsiz daʼvat qildilar. Allohning yoʻliga chaqirdilar. Ammo iymon keltirmagan qavm esa Nuh alayxissalom bilan urishib, mujodala qilib, u zotga ozor berishda davom etaverdi. Shunchalik uzoq yillar, toʻqqiz yuz yildan ortiq muddat natijasiz, besamar ketdi. Leki Nuh alayxissalom daʼvat qilaverdilar. U zotga qavmining koʻpchiligi, ayniqsa boy-badavlat odamlar iymon keltirmadilar. Iymon keltirganlar esa ozchilikni tashkil etardi. Shunda Nuh alayxissalotu vasallam Alloh taloga yuzlanib duo qildilar va qavmini tugʻyonga, zulmga ketganini, Nuh alayxissalomga va unga iymon keltirgan odamlarga koʻplab zulm qilganlarini shikoyat qilib bunday dedilar: “Ey Rabbim! albatta, ular menga isyon qildilar va moli, bola-chaqasi xusrondan boshqani ziyoda qilmaganga ergashdilar.” (Nuh surasi, 21-oyat).

4

Kofirlar Nuh alayxissalomga tahdid qilib biz seni oʻldiramiz, toshboʻron qilamiz deb qoʻrqitdilar. Shundan soʻng Alloh talo Nuh alayxissalomga qavmidan shu kungacha iymon keltirmaganlar endi iymon keltirmasligini, ularni kofirligicha qolishlarining, avval iymon keltirganlar esa moʻmin boʻlganini, endi qavmidan xech kim iymon keltirmasligini xabarini berdi. Shundan soʻng Nuh alayxissalom bu kofir qavmining halokatini soʻrab duoibat qildilar: “Ey Rabbim! yer yuzida kofirlardan birorta ham harakatlanuvchini qo'ymagin. Albatta, Sen ularni tek qo'ysang, bandalaringni adashtiradilar va fojiru kofirdan boshqa tug'maslar.” (Nuh surasi, 26-27-oyatlar).

5

Shundan soʻng Alloh talo Nuh alayxissalomga bir kema yasashni vaxiy qildi (buyurdi). Nuh alayxissalom va u zotga iymon keltirgan moʻminlar kema yasashni boshladilar. Kofirlar esa Nuh alayxissalom va moʻminlarni mazax, masxara qilardilar. Sahroda boʻla turib bular nima uchun kema yasashyapti deb ustilaridan kuldilar. Shunda Nuh alayxissalom ularga: “Tez kunda Allohning azobi tushganda, bu ishlarning haqiqatini bilib olasiz”, dedilar.

6

Kema bitgach Alloh talo Nuh alayxissalomga tez orada yerga toʻfon yuborib, kofirlarni suvga gʻarq qilishini vahiy qildi. Va toshqin boshlanishining alomati, belgisi isitgichda turgan suvning toshishi ekanini, yaʼni, suvning toshishi yer yuzida toshqin boshlanishini bildirardi. Mana shu belgi maʼlum boʻlgach Nuh alayxissalom toʻfonning alomati ekanini bilib, tezlik bilan moʻminlarni kemaga chiqardilar. Har bir hayvondan bitta erkak, bitta urgʻochisidan olib kemaga yukladilar. Shundan soʻng shiddatli yomgʻir yogʻib, toʻfon turib yerni suv bosa boshladi.

7

Shu payt Nuh alayxissalom oʻzini oʻgʻlini koʻrdi va unga: “Oʻgʻlim, biz bilan kemaga min”, deb xitob qildilar. Lekin kofir oʻgʻil otasining bu maslahatiga quloq solmadi. Tez orada toʻfon shunchalik kuchaydiki, suv togʻlarni ham koʻmib ketdi. Natijada, Nuh alayxissalomning oʻgʻli xam kofirligicha oʻz qavmi kofirlari bilan suvga gʻarq boʻlib halok boʻldi. Shundan soʻng yomgʻir sekinlashib toʻfon ham tindi. Yer asta sekin ustidagi suvni shimib ola boshladi. Suv sathi pasayib, unda suzib yurgan Nuh kemasi Judiy togʻida toʻxtadi. Nuh alayxissalom va u zotning ummatlari – moʻminlar kemadan tushdilar. Shu bilan yer yuzida yangidan hayot boshlandi. Nuh alayxissalom to vafot etgunlaricha moʻminlar bilan birga yashab qoldilar.

 




Мавзуга оид мақолалар
Тарихда бугун
Робиъул-аввал ойининг 17-куни
  • Ҳижрий 950-йил 17-робиъул-аввал куни (милодий 1543-йил 20-июн) Усмонлилар ҳарбий денгиз флоти Барбароса қўмондонлигида Ситсилия ва Италиянинг баъзи қирғоқларини ва Типпер дарёсида жойлашган Остия портини қўлга киритади.
  • Ҳижрий 1110-йил 17-робиъул-аввал куни (милодий 1697-йил 25-май) Усмонлилар ҳарбий денгиз флоти Ўрта ер денгизидаги Медела оролининг жанубида бўлган жангда Винеция ҳарбий денгиз флотини мағлуб этди. Бу жангда 2500га яқин винециялик ҳарбийлар ҳалок бўлди.
 


Китоблар
ИСЛОМ.УЗ ПОРТАЛИНИНГ САЙТЛАРИ