Hud alayhissalom

3 йил аввал 11854 siyrat.uz

Od qavmi Yamanning Axqof deb ataladigan bir xududida yashar edilar. Ular juda ulkan, gavdalari katta, baquvvat insonlar edilar. Ular katta-katta, baland-baland uylarda yashardilar. Oʻzlariga qasrlar, baland qoʻrgʻonlar qurardilar. Ularning yerlari juda unumdor edi. Yerlarida koʻplab anhorlar va buloqlar, mevali bogʻ-boʻstonlar barpo qilgan edilar.

9

Ammo Od qavmi juda nodon va johil insonlar edi. Nodon, johil ekanliklaridan but-sanam, haykallarga ibodat qilardilar. Juda buzuq, gunoh, fahsh ishlarni oʻz odatlariga aylantirgandilar. Alloh talo ularga mana shu rasvo, sharmandali ishlarini notoʻgʻri ekanini oʻrgatib, ularni oʻnglanishlariga sabab boʻlishi uchun Hud alayxissalomni ularga paygʻambar qilib yubordi. Hud alayxissalomning zimmalariga qavmini hidoyatga boshlab, yolgʻiz Allohga ibodat qilishga daʼvat etish yuklandi. Ammo Hud alayxissalomga uning qavmidan juda kam odamlar iymon keltirdilar xolos. Qolganlar esa u zotning daʼvatlarini rad etib manmanlik qildilar. Hud alayxissalomni jinnilikda, majnunlikda, yolgʻonchilikda aybladilar.

10

Hud alayxissalom Allohning rahmatidan noumid boʻlmadilar. Shoyadki es-hushlarini yigʻib, oʻz Rabbilarini tanib iymonga kelsalar deya u nodon, joxil insonlarga Alloh taloning ularga bergan neʼmatlarini, qiyomat kunining kelishini eslatishda davom etib, qiyomat kunida kofirlarni kutayotgan alamli azoblar, qiynoqlar haqida ularni ogohlantirdilar. Moʻminlar abadiy hayot kechiradigan jannat va undagi neʼmatlar haqida ham ularga eslatma berdilar. Lekin ular oʻzlarining kofirliklarida qattiq turib olib, Hud alayxissalomni ustidan mazxara, istehzo qilib, “Agar sen aytayotgan azob haqiqatan bor boʻlsa, tezroq kela qolsin” deb Allohning azobini tezlashishini tilab kula boshladilar.

11

Va nixoyat, Hud alayxissalomni ustilaridan kulib tezroq kelishini talab qilgan azob ham yetib keldi. Bu azob boshlanishida Od qavmiga qattiq qurgʻoqchilik koʻrinishida namoyon boʻla boshladi. Qurgʻoqchilik kelishi oqibatida ularning ekinzorlari, bogʻu boʻstonlari qurib, chorva xayvonlari oʻlib, qirilib ketdi. Soʻng Alloh talo ularga bir qora bulutni yubordi. Qurgʻoqchilikda qolib tinkasi qurigan Od qavmi bu qora bulutni koʻrib yomgʻir yogʻadi deb oʻylab sevinishardi. Lekin qora bulut rahmat buluti emas, balki ularga Allox taolo tomonidan yuborilgan azob edi. Soʻng ularga yetti kechayu sakkiz kunduz azobli shamol kelib, barchalarini halok qildi. Kofirlarni yer bilan yakson qilgan bu shamol Hud alayxissalom va unga iymon keltirgan moʻminlarga zarracha ham zarar yetkazmadi (Subhanalloh). Alloh oʻzining paygʻambari va uning doʻstlarini –  moʻminlarni bu balodan, ofatdan, azobdan omonda saqlab qoldi (Alhamdulillah).

12

Takrorlash uchun savollar:

1. Nuh alayhissalomga kimlar iymon keltirdi?

2. Boylar Nuh alayhissalomdan nima qilishini talab qilishdi?

3. Nuh alayhissalom va moʻminlar kema yasayotganlarida kofirlar nima dedilar? Shunda Nuh alayhissalom ularga nima deb javob berdilar?

4. Nuh alayhissalomga iymon keltirmagan kofirlarga qanday azob keldi?

5. Azob kelganda moʻminlar qayerda edilar, ular azoblandilarmi yoki Alloh taolo ularni azobdan saqladimi?




Мавзуга оид мақолалар
Тарихда бугун
Робиъул-аввал ойининг 17-куни
  • Ҳижрий 950-йил 17-робиъул-аввал куни (милодий 1543-йил 20-июн) Усмонлилар ҳарбий денгиз флоти Барбароса қўмондонлигида Ситсилия ва Италиянинг баъзи қирғоқларини ва Типпер дарёсида жойлашган Остия портини қўлга киритади.
  • Ҳижрий 1110-йил 17-робиъул-аввал куни (милодий 1697-йил 25-май) Усмонлилар ҳарбий денгиз флоти Ўрта ер денгизидаги Медела оролининг жанубида бўлган жангда Винеция ҳарбий денгиз флотини мағлуб этди. Бу жангда 2500га яқин винециялик ҳарбийлар ҳалок бўлди.
 


Китоблар
ИСЛОМ.УЗ ПОРТАЛИНИНГ САЙТЛАРИ